Kutilmagan xabar. Ronalduning agenti “Barselona” prezidenti bilan uchrashdi

  • 5 iyul, 2022, 13:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Xorxe Mendesh "Barselona" prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi, deb xabar beradi AS.

Tecno

Manbaga ko‘ra, tomonlar shu yozda ingliz klubini tark etmoqchi bo‘lgan hujumchining kelajagi haqida gaplashgan. Kataloniyaliklar “Bavariya” futbolchisi Robert Levandovski transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda portugaliyalik forvardni sotib olishni mo‘ljallayotgani aytilmoqda.

36 yoshli hujumchi “qizil iblislar”ning transfer siyosatidan ko‘ngli to‘lmagani uchun yaqin orada klubni tark etmoqchi.

Ronaldu 2021 yil avgust oyi oxirida “Manchester Yunayted”ga qaytdi. Yakuniga etgan mavsumda u jamoaning barcha musobaqalar doirasidagi 38 ta o‘yinida maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!