
Kurash. Hindistonda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining XIX Kongressi boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Kurash bo‘yicha Jahon chempionati va Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining XIX Kongressida ishtirok etish uchun Hindistonga bordi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Amaliy tashrif davomida Sportni rivojlantirish vaziri Adkham Ikramov Puna shahrida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etdi. Xususan, bugun ya’ni 24 noyabrdan e’tiboran Punada Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIII jahon chempionati va Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining XIX Kongressi o‘z ishini boshladi.
Yig‘ilishning muhim yangiliklardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adkham Ikramovnining Kurash xalqaro tashkilotining birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylanishi e’tirof etilmoqda
Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Puna shahrida boshlangan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIII Jahon chempionati va Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining XIX kongressi 28 noyabrga qadar davom etadi.
Fikrlar