Kuman rejasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi

  • 11 dekabr, 2020, 21:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan buyon “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiyani olishni rejalashtirayotgan edi.

Tecno

Endi niderlandiyalik mutaxassis zaxira variantini ham tayyorlab qo‘yishga qaror qildi. Chunki Garsiyaning transferi barbod bo‘lishi mumkin.

Shu bois, “Barselona” mutasaddilari “Ayaks”da o‘ynayotgan argentinalik Lisandro Matinesni taklif qilish bo‘yicha ish boshladi. Kuman bu futbolchi bilan shaxsan tanish ekani va bu omil transferda muhim omil bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Martines “Ayaks”da o‘tgan yildan beri to‘p tepyapti. 22 yoshli futbolchi joriy mavsum Niderlandiya chempionatida sakkizta uchrashuvda ikkita gol urishga erishdi. Shuningdek, Chempionlar ligasida ham beshta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!