
Kuman qishki transferlar davrida "Barselona"ga bir necha futbolchi olib kelmoqchi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida bir qator futbolchilarni tarkibga qo‘shib olmoqchi.
Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, gollandiyalik mutaxassis bir qancha himoyachi hamda hujumning istalgan joyida to‘p sura oladigan forvard olib kelmoqchi. U hatto futbolchilarni ijaraga olishga ham rozi.
Kumanning fikricha, ushbu xaridlar ayni damda jamoada yuz berayotgan moliyaviy inqirozlarga qaramay, zudlik bilan amalga oshirilishi shart.
"Barselona" o‘tgan yozgi transferlar davrida "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya va "Lion" forvardi Memfis Depayni sotib olishga harakat qilib ko‘rgan edi.
Fikrlar