Kukurelya: "Jamoada na o‘yin uslubi bor edi, na aniq reja"

  • 13 iyul, 13:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finali PSJga qarshi bellashuvdan avval "aristokratlar" safiga kelganida boshidan kechirgan qiyinchiliklari haqida gapirdi.

Tecno

"Ilk oylarda men uchun oson bo‘lmadi. Jamoada na o‘yin uslubi bor edi, na aniq reja. Men esa — to‘pni olib, hammasini yolg‘iz hal qiladigan futbolchi emasman. Men jamoa yaxshi formada bo‘lganida yaxshiroq o‘ynayman.

"Chelsi" men uchun katta pul to‘ladi. Hamma mendan har o‘yinda gol uradigan "moshina" bo‘lishimni kutdi. Ammo o‘zim ham ilk o‘yinlarimdan mamnun bo‘lmaganman.

Men hali ham o‘sha Kukurelyaman, faqat endi o‘zimga va qobiliyatlarimga ishonchim ortib bordi" — dedi futbolchi "talkSPORT" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik himoyachi 2022 yil yozida "Brayton"dan 65 million evroga sotib olingandi. Bugun u "Chelsi" bilan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida PSJga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!