
Kubarsi: "Yamal maydonda xuddi go‘yo mahallada o‘ynayotgandek harakat qiladi"
"Barselona"ning markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoadoshi Lamin Yamalning mahoratini baland baholadi.
"Har qanday o‘yinda u xohlaganini amalga oshiradi. Lamin xuddi mahallada o‘ynayotgandek harakat qiladi. Mashg‘ulotlarda uni to‘xtatish universitetga kirish imtihonini topshirishdan ham qiyin. Chunki u istalgan yo‘l bilan sendan o‘tib ketishi mumkin", — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik fulbek.
Eslatib o‘tamiz, Yamal 2023 yildan beri "ko‘k-anorranglilar" tarkibida harakat qilmoqda. U shu vaqtgacha 106 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol va 34 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yaqinda u klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi va yangi mavsumda 10-raqamli formada to‘p suradi.
Fikrlar