Krouford-Madrimov turniri moliyaviy omadsizlikka aylandi

  • 9 avgust, 2024, 14:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerikalik Terens Krouford va hamyurtimiz Isroil Madrimov jang qilgan boks turniri moliyaviy tomondan omadsiz chiqdi.

Tecno

 "Saudiyaliklar tomonidan AQSh da tashkil etilgan birinchi yirik musobaqa bo‘lgan Krouford-Madrimov turniri bir nechta manbalarga ko‘ra, 10 million dollardan ko‘proq zarar ko‘rgan.  Vaziyat chiptalar bilan bog‘liq. Minglab chiptalar tekinga berilsa ham, arenada juda ko‘p bo‘sh o‘rindiqlar qolgandi”, — deb yozadi mashhur jurnalist Kevin Lole o‘z blogida.

 Eslatib o‘tamiz, Krouford va Madrimov o‘rtasidagi jang Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. 12 to‘liq raund to‘liq davom etgan bahsda amerikalik bokschi ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!