
Kroos “Real”ga qaytishini aytdi
O‘tgan yozda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan Toni Kroos kelajagini “Real” bilan bog‘lashga tayyor ekanini aytdi.
Germaniyalik futbolchi yozda bo‘lib o‘tgan Evropa chempionatidan keyin butsalarini mixga ilishga qaror qilgan va “Real” uni katta futboldan kuzatib qo‘ygandi.
- “Real” bilae yaqinligimni inobatga olib, kelajakda bu klubga qaytish imkoniyatimni inkor qilmayman. “Real” bilan munosabatlarimiz har doim o‘ziga xos va o‘zgacha bo‘lib qolaveradi, - dedi Toni Kroos.
Mohir yarim himoyachi “Qirollik klubi”da 2014-2024 yillar davomida to‘p tepgan. Bu davrda Kroos jami 465 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 28 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 99 ta golli pas uzatgan.
Fikrlar