Kroos faoliyatini qachon yakunlashini ma’lum qildi

  • 24 dekabr, 2022, 12:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda. Yanvar oyida 33 yoshga to‘ladigan germaniyalik futbolchi ushbu mavsum yakunida faoliyatini yakunlashi mumkinligini anchadan beri bilgan.

Tecno

"Qirollik klubi" Kroosni jamoada saqlab qolmoqchi va unga yangi shartnoma taklif qilishni reja qilgan, ammo yarim himoyachining kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. Marca xabariga ko‘ra, futbolchi yakuniy qarorni yangi yilning fevralida qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toni Kroos 2014 yilning yozidan buyon "Real" safida to‘p tepadi. Joriy mavsum u klubi safida barcha musobaqalar doirasida 18 ta bahsda qatnashib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Kroos Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini ancha oldin yakunlagan edi. U Evro-2020dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqishini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!