
Krimets va Sergeev o‘ynagan Xitoy klubi Beylni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli uelslik futbolchi ayni damda "Beytszin Goan" klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Xitoyliklar Beylga yiliga 24 mln evro maosh taklif qilishmoqda. E’tiborlisi, agar u bu taklifga rozilik bildirsa, Xitoyning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham Beylning jamoadan ketishga juda yaqin ekanligi haqida gapirib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, "Beytszin Goan" klubida o‘z vaqtida Egor Krimets va Igor Sergeev kabi futbolchilarimiz to‘p surishgan.
Fikrlar