Koutinoga katta xaridor chiqdi

  • 4 aprel, 2022, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”dagi muvaffaqiyatsizliklaridan keyin Angliya qaytib kelgan Filippe Koutino yana grand klublar e’tiboriga tushdi.

Tecno

Ijara asosida “Aston Villa” sharafini himoya qilayotgan 29 yoshli pleymeykerni “Arsenal” o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda. “Aston Villa”da braziliyalik yulduzni “Barselona”dan 40 million evro evaziga to‘liq transfer qilish huquqi bor. Agar ular bu imkoniyadan foydalana olmasa, “kanonirlar” Koutino uchun 40 million evro to‘lashga roziligini bildirgan. Xuddi shu summani “Nyukasl” ham taklif qilmoqda.

Koutino Angliya premer-ligasida 11 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!