
Koutinoga APLning eng boy klubi xaridor bo‘lmoqda
"Aston Villa"da ijara asosida o‘ynayotgan braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinoga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.
Diario Sport nashriga ko‘ra, "qarg‘alar" futbolchini qo‘lga kiritish uchun “Barselona”ga Birmingem klubidan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor. Aytish kerakki, “Aston Villa” Koutino uchun kataloniyaliklarga 40 mln funt taklif qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum APLda jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar