
Koutino yangi jamoa tanladi
“Barselona”da o‘zini ko‘rsatolmagan Filippe Koutino Angliya premer-ligasiga qaytishga qaror qildi.
Braziliyalik pleymeyker Kataloniyaga kelgunga qadar “Liverpul” sharafini himoya qilgan va o‘z pozitsyasi bo‘yicha Angliya chempionatining eng zo‘r futbolchilaridan biri bo‘lgan.
Endi Koutino yana “tumanli albion”ga qaytib, bu gal “Arsenal”da to‘p tepishni istayapti.
Koutino “Barselona”ga katta mablag‘ evaziga transfer qilingan bo‘lishiga qaramay, ishonchni oqlagani yo‘q. Orada u ijara asosida “Bavariya”da o‘ynab, Bundesliga chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Koutinoning maoshi balandligi sababli myunxenliklar uni Kataloniyaga qaytarib yubordi. Braziliyalik yulduz “Barselona”ni boshqargan hech bir murabbiy o‘yin sxemasiga to‘g‘ri kelmadi.
29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda 16 marta maydonga tushib, bir juft gol urishga erishdi.
Fikrlar