
Koutino Qatar chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Hujumkor yarim himoyachi Filippe Koutino yozgi transfer oynasi yopilguncha Qatarga ko‘chib o‘tishi mumkin. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida Qatar klublari 31 yoshli Koutinoni qo‘lga kiritish uchun faol ish olib borishmoqda.
Qayd etilishicha, Koutinoga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq qatarliklar favorit hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, nufuzli "Transfermarkt" portali braziliyalik vingerni 10 million evroga baholamoqda.
Fikrlar