
Koutino "Liverpul" va "Barselona"da o‘ynagan vaqtlarini esladi
"Aston Villa" futbolchisi Filippe Koutino "Liverpul" va "Barselona"da o‘ynagan paytlarini xotirladi. Aytishicha, u "Aston Villa"da ham tarix yozishni istaydi.
"Men "Liverpul"da o‘zim uchun ajoyib hikoya yaratdim. U erda baxtli edim. Endi "Aston Villa"da ham shu kabi zo‘r hikoya yozmoqchiman.
Yana Angliyaga qaytganimdan xursandman. Ilgari Italiya, Ispaniya va Germaniyada ham o‘ynaganman. Biroq ishoning, APL baribir eng yaxshi chempionat.
"Barselona"da nimada xato qilganimni bilmayman. Ammo ishonch bildirgani uchun ulardan minnatdorman. Men bu klubni doim hurmat qilaman", - dedi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar