Kosta-Rika bilan o‘yinda Sonning goli Janubiy Koreyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi, keyingi raqib - O‘zbekiston

  • 23 sentabr, 2022, 20:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanayotgan terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

Tecno

Xususan, O‘zbekistonning bo‘lajak raqibi Kosta-Rika bugun Janubiy Koreya bilan kuch sinashdi. Dastlab, Xvan Xi Chan urgan golga amerikaliklar Jevinson Bennettening dubli evaziga javob qaytardi. 85-daqiqada darvozani ishg‘ol etgan Son yakunda koreyaliklarga durang keltirdi.

Ma’lumot uchun, Kosta-Rika 27 sentyabr kuni Srechko Katanets boshchiligidagi "oq bo‘rilar"ga qarshi maydonga tushadi.

Bundan tashqari, Yaponiya AShQga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Daiti Kamada va Kaoru Mitoma mualliflik qildi.

Ayrim jamoalar o‘z uchrashuvlarini endi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!