
Kopa Amerika. Qiziqarli statistik ma’lumotlar
46-bor o‘tkaziladigan Kopa Amerika turnirida 12 ta terma jamoa qatnashadi. Ularning 10 tasi Janubiy amerikaliklarning o‘zi bo‘lsa, yana 2 tasi Osiyo qit’asi vakillari Yaponiya va Qatardir. Kun chiqar yurt vakillari ushbu turnirda ikkinchi bor ishtirok etishsa, Qatar termasi uchun bu debyut bo‘ladi.
Kopa Amerika 2019 ning "A" guruxida Braziliya, Boliviya, Peru va Venesuela termalari bahsga kirishishadi.
"Jinga" uslbida top tepishni hush ko‘ruvchi braziliyaliklar, Amerika kubogida 35 bor qatashib, 8 marotaba chempionlikga erishgan. Braziliya hisobida vitse-chempoionlik 11 ta bo‘lsa, yana 7 bor bronza medali sohibi bo‘lgan. Braziliyaning mashhur himoyachisi Kafu 142 bor terma jamoa safida maydonga tushgan. Bu Braziliya safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchidir. Terma jamoada eng ko‘p gol urgan futbolchi esa Pele. U Braziliya tarkibida 77 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol kilgan.
Boliviya termasi o‘z tarixida bir bor, 1963 yilda chempionlikka erishgan. Bundan tashqari Boliviya 1997 yili vitse-chempion bo‘lishga ham ulgurgan. Amerika kubogida 26 bor ishtirok etgan Boliviya termasi to‘purari Xoakin Botero 1999 yildan 2009 yilgacha terma jamoa libosida 20 ta gol urgan. Boliviya tarkibida eng ko‘p Ronald Raldes 102 martta maydonga tushgan.
Amerika kubogida 29 bor ishtirok etgan Peru termasi, 8 marotaba bronza medali sohibiga aylanib, 2 karra chempion degan nomga sazovor bo‘lgan (1939, 1975). Peruning amaldagi sardori Paolo Gerrero terma jamoa safida 35 bor gol urgan. Uning bu rekordini yangilashga, hozircha Paoloning o‘zidan boshqasi yaqin emas. Peru tarkibida eng ko‘p Roberto Palasios 128 marotaba maydonga tushgan.
Venesuela 17 bor Amerika kubogidagi ishtirokida 62 ta o‘yin o‘tqazib, 7 ta g‘alaba, 13 ta durrang qayd etgan bo‘lib, qolgan 42 ta bellashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Bundan tashqari 47 ta gol urishga erishib, 171 bor o‘z darvozalaridan to‘pni olib chiqishgan. Venesuelada Xuan Arango termaning mutloq rekorchisi hisoblanadi. U eng ko‘p 129 marotaba maydonga tushgan va eng ko‘p 23 bor gol urgan. Ammo Venesuelaning boshqa bir hujumchisi Salomon Rondon gollik rekordni yangilashga juda yaqin. Rondon hisobida 22 ta gol bor va uning terma jamoadagi faoliyati yakunlanmagan.
Fikrlar