
"Konya-2021". Dastlabki medal qo‘lga kiritildi
Turkiyaning Konya shahrida 5-islom birdamlik o‘yinlari musobaqasi start oldi.
Quvonarlisi, trek dasturida bahs olib borgan velosportchilarimiz delegatsiyamiz hisobiga ilk medalni taqdim etdi. Ayollar o‘rtasida skretch bo‘yicha guruh poygasida ishtirok etgan Sofiya Karimova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu dasturda qatnashgan yana bir vakilamiz Nafosat Ko‘zieva esa, marraga 10-o‘rinda etib keldi.
Qo‘lga kiritilgan medal muborak bo‘lsin!
Fikrlar