
Konte yangi mavsumdagi “Tottenxem”ning maqsadi haqida gapirdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte Premer-liganing keyingi mavsumidan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Mening maqsadim - raqobatbardosh jamoa tuzish. Raqiblar "Tottenxem"ga qarshi o‘yinlarda biroz qo‘rqib harakat qilishlarini istayman. Menimcha, tarkibimiz Angliya Premer ligasidagi eng yosh jamoalardan biri hisoblanadi. “Tottenxem”da yana uch-to‘rt yil o‘ynay oladigan futbolchilar ko‘p. Biz mustahkam poydevor qurishga, bosqichma-bosqich takomillashib borishga va muhim sovrinlar uchun kurashishga harakat qilamiz", - deb Konte so‘zlarini keltirmoqda “Daily Mail” nashri
Konte 2021 yilning noyabrida “Tottenxem” boshqaruviga kelgan edi. Klub 2021/22 yilgi mavsumda 38 o‘yin o‘tkazib, 71 ochko bilan Premer ligada to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar