Konte: "Keyingi safar qamchini qo‘limga olaman"

  • 22 oktabr, 17:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar ligasida PSVdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Tecno

"Yutqazsang hammasi yomon, agar yutsak buning aksi. To‘rtta yarim himoyachi tanlaganimizni hamma maqtadi. Ularga birga o‘ynashga imkon berdik. Ammo ikkita hujumkor vingerni maydonda bo‘lishi ham ko‘p hollarda ish bermaydi. Bundan tashqari, to‘rt yarim himoyachini birini maydondan olish ham mantiqsizlik, deb hisoblayman". 

Bunday natijaga qanday munosabat bildirasiz? 

"Men kamdan-kam holatlarda tajavuz qiladigan murabbiyman. Ammo keyingi safar shunday holat kuzatilsa, yo‘lbars o‘rgatuvchilar kabi qamchini qo‘limga olaman. Jamoaga yangi qo‘shilganlar tezroq klub tizimiga moslashishi kerak. O‘tgan mavsumda hech qanday egoistik maqsadlar bo‘lmagan. Hamma jamoa uchun borini berib,  maydonda harakatlangan edi. Neapol va neapolliklarni aldash mumkin emas", - dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, "Napoli" Chempionlar ligasida 3-turdan so‘ng bitta g‘alaba va ikki durang qayd etgan holda, turnir jadvalida 22-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!