Konte "Inter"ga qanday shart qo‘ydi?

  • 23 aprel, 2019, 20:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur mutaxassis Antonio Konte yangi mavsumda "Inter"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar “neradzurrilar” yozda "Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuni sotib olishsagina 49 yoshli murabbiy ushbu jamoada ish boshlashga rozi bo‘lishi mumkin. Belgiyalik futbolchining transferi esa milanliklarga 85 million evroga tushishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu ham Lukakuni sotib yubormoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Inter” rahbariyati Lukakudan tashqari shuningdek Edina Jeko ("Roma"), Duvan Sapata ("Atalanta") va Rodrigo ("Valensiya") kabi hujumchilarning nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kontening so‘nggi ish joyi Londonning “Chelsi” klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!