
Konte APLning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanishi mumkin
Londonning “Tottenxem” klubi rahbariyati Antonio Konte boshchiligidagi murabbiylar shtabining o‘yinidan mamnun va italiyalik mutaxassisga yangi shartnomasini taklif qilishga tayyor.
Manbaning qayd etishicha, yangi bitimga ko‘ra, murabbiyning maoshi haftasiga 400 ming funtni tashkil qiladi. Kontening "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Agar tomonlar e’lon qilingan shartlar bo‘yicha kelishuvga erisha olsa, Antonio Premer ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylanadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Tottenxem" 9 turdan keyin 20 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar