Konor MakGregor g‘alaba qozona oladimi? O‘zbekistonlik yakkakurash olami vakillari javob berdi (2-qism)

  • 2 yanvar, 2021, 19:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ushbu oy MMA olamida bir jang bo‘ladiki, buni barcha intiqlik bilan kutayotgani aniq. Albatta, bu  “UFC 257” turnirining markaziy jangi - Dastin Pore hamda Konor MakGregor to‘qnashuvidir. 23 yanvar (Toshkent vaqti bilan 24 yanvarga o‘tar kechasi) kuni BAAda joylashgan “Janglar oroli”da tashkil etiluvchi ushbu jang kechasining markaziy jangi borasida o‘zbekistonlik yakkakurash ustalarining fikri bilan qiziqayotgan edik. Bu borada dastlabki qismini ham taqdim etishga ulgurganmiz.

Tecno

Bugun esa ushbu voqeylikka oid boshqa yakkakurash olamidagi vakillarimizning mulohazalarini ham e’tiboringizga havola etamiz.

Gulbahor Amantaeva – murabbiy, sobiq MMA jangchisi

- Bilasizmi, bunday janglarda ruhiy holat asosiy rol o‘ynaydi. Konor Habibdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, juda alamzada bo‘lib qolgan. Aynan, Dastinni yutib, o‘zining avvalgi obro‘sini tiklab olishga harakat qilishi tayin. Lekin uni osonlik bilan g‘alaba qozonadi, deb ayta olmayman. Jang qiyin bo‘ladi. Uning alamzadaligi va jangni muddatidan avval, chiroyli tarzda g‘alaba qozonishga intilishi pand berib qo‘yishi ham mumkin.

Gulya

Rahmatillo Nuriddinbekov – kurashchi

- Har ikkisi engil vazn toifasidagi yorqin yulduzlar va shunga yarasha kuchga ham ega. Imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo‘lardim.

Raxmatilla

Azamat Nuftillaev – MMA jangchisi

- Har ikkisi ham o‘ziga yarasha kuchga ega. Lekin Konor MakGregorning imkoniyati yuqori, deb o‘ylayman. Aslida, Dastin ham ajoyib jang olib boradi. Xavfli jangchilardan biri hisoblanadi. Biroq yuqorida aytganimdek, Konor g‘alaba qozonadi.

Azamat1

O‘g‘iloy Nasimova – MMA jangchisi

- Hozirda Konorning jismoniy holati juda yuqori darajaga ko‘tarilgan. Jang o‘tkazmaganiga ham ancha bo‘ldi. Shuning uchun bunday to‘qnashuvni juda sog‘ingan bo‘lsa kerak. Habibdan mag‘lubiyati uni yanada kuchliroq qilganligi aniq. Menimcha, Konor g‘alaba qozonadi.

O‘g‘iloy

Nursulton Ro‘ziboev - MMA jangchisi

- Bir-biriga mos raqiblar... Ikkalasi ham “stoyka”da ajoyib harakat qiladi. Ammo Konor unga nisbatan yaxshiroq, nazarimda va ushbu jangda g‘alaba qozonish imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim.

Nursulton

Mashrabjon Ro‘ziboev – MMA jangchisi

- Jang chiroyli va shiddatli o‘tadi, deb o‘ylayman. Ular o‘rtasidagi birinchi jangdagi Konorning g‘alabasi  unga ruhiy ustunlik beradi. Jismoniy holat borasida ham MakGregor ustun, degan fikrdaman. Bu jangda Konor g‘alaba qozonadi.

mashrabjon

Jasur Alijonov – murabbiy

- Ular o‘rtasidagi dastlabki jang 5 yil avval bo‘lgan va unda Konor g‘alaba qozongan. Ammo oradan ancha vaqt o‘tdi. Hozir Dastin butunlay boshqa saviyadagi jangchi. Bu to‘qnashuvda Dastinning imkoniyati yuqori. Xuddi shu jang kechasida hamyurtimiz Mahmud Murodov ham oktagonga ko‘tariladi. Biz uning g‘alabasini kutib qolamiz va unga omad tilaymiz!

Jasko

Musa Mametov – qo‘l jangi ustasi

- Ikkalasining jang olib borishi, harakatlari menga juda yoqadi. O‘ylaymanki, teng kuchli raqiblar. Biroz ustunlik Konor tarafida deb o‘ylayman. Shuning uchun g‘alaba irlandiyalik tomonida bo‘lsa kerak.

Musa

Furqat Karimov – MMA jangchisi

- Har ikkisida g‘alaba qozonish imkoniyati bor. Imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo‘lar edim. To‘g‘risi, qaysi biriga muxlislik qilishni bilmay turibman. Kim ushbu jangga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi.

Furkat_1

Murodbek Choriev – MMa jangchisi

- Konor MakGregor g‘alaba qozonadi. Sababi, Dastin undan mag‘lubiyatga uchragan va aynan ushbu holat unga ruhiy jihatidan ta’sir qiladi.

Murodbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!