
Konor Makgregor bilan jang qilishga yana bitta da’vogar paydo bo‘ldi
UFC yarim engil vazn (65,8 kg) toifasi chempioni Aleks Volkanovski ikki divizion sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jang qilishga tayyor.
"Bu savol doim tug‘iladi, chunki u mening divizionnimning men engmagan sobiq chempioni. Qolganlarini mag‘lub qildim, shunday ekan ham mantiqan, ham moliyaviy tomondan bu jangda ma’no bor.
Makgregor mening vaznimda titulni ma’lum vaqt o‘zida ushlab turgan. Men esa barcha davrlarning eng buyuk jangchisi bo‘lmoqchiman. Hamma chempionlarni yakson qilganmi? Bu haqiqatdan ham ajoyib",-dedi Volkanovski.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski so‘ngi jangida"Koreyalik zombi"ni mag‘lub etgan edi.
Fikrlar