Kolbi Kovington Islom Maxachev uchun jiddiy raqib topdi
Amerikalik UFC jangchisi Kolbi Kovington rossiyalik Islom Maxachev va engil vazn chempioni Iliya Topuriya jangi haqida gapirdi.
"Men Islomning Topuriya bilan jangini ko‘rishni xohlayman. Menimcha, bu yarim o‘rta vazn yoki engil vaznda o‘tkazilishi kerak. Iliya Maxachev uchun eng katta sinov bo‘ladi. Chunki uni yiqitib, parterda ushlab turish qiyinroq. Qolaversa, gruziyalik UFC tarixidagi eng kuchli "pancher" lardan biri. Topuriya Islomni nokautga uchratganini ko‘rishni istardim", - dedi Kovington "Helene" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Iliya oxirgi jangida braziliyalik Charlz Oliveyrani 1-raunddayoq nokautga uchratgan edi.



Fikrlar