"Kojoning yo‘lini to‘smoqchi emasmiz, "Dinamo"ning kelajagiga hozirdan qayg‘urishimiz kerak" - Vadim Abramov

  • 1 dekabr, 2024, 20:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Dinamo” klubi chempionatning oxirgi turida Samarqandda “So‘g‘diyona”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. Bellashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- Birinchi navbatda klubni erishgan g‘alabasi bilan tabriklayman. Biz avvalo ishqibozlarimizni qutlashimiz kerak. Nega deganda, anchadan beri g‘alaba qozona olmasdan kelayotgandik. Xuddi chempionatni bir oy oldin yakunlagandekmiz. Fidokorona o‘yini uchun yigitlardan minnatdorman. Balki o‘yinimiz chiroyli chiqmagandir. Ammo, muhimi, g‘alaba qozondik va muxlislarimizni xursand eta oldik. Tarkibda muammolarimiz bor edi. Shunday bo‘lsa-da, munosib raqibni engishga muvaffaq bo‘ldik. Buning uchun futbolchilarga rahmat. Balki omadimiz chopgandir. Negaki, raqib tomonidan tashkil etilgan xavfli vaziyatlarda darvozamizga to‘p kirmadi. Bizda ham ikkita zo‘r imkoniyat bo‘lib, bir bor samarali foydalana oldik. Kelasi yili ishqibozlarimizni ko‘proq xursand etishga harakat qilamiz.

- Maykon bilan Kojo haqida fikringizni bilmoqchi edik...

- Maykonga kelsak, unda jarohat bor edi. Shu bois oxirgi paytlarda maydonga tusha olmayotgandi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, tarkib bilan bog‘liq muammolarimiz yuzaga kelgandi. Shu sabab o‘rinbosarlardan o‘yinchilarni asosiy klubga jalb etishimizga to‘g‘ri keldi. Oxir-oqibat so‘nggi mashg‘ulotda ko‘rinish bergan Maykonni zaxiradan bo‘lsa ham maydonga tushirdik. Negaki, uning pozitsiyasida o‘ynaydigan boshqa futbolchimiz deyarli qolmagandi. Kojoga kelsak, u bilan bog‘liq vaziyat shunday: Joelda “Istiqlol” bilan kelishuv bor. Shuning uchun uning yo‘lini to‘smoqchi emasmiz. Agar u ketishni istasa marhamat! Chunki ketish istagiga tushib qolgan odamni kuch bilan to‘xtatib bo‘lmaydi. Aksincha, klubimiz u amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorlik bildirishi lozim. To‘g‘ri, Kojoning yana bir yillik shartnomasi bor. Biroq kelishuvga ko‘ra, “Istiqlol” tovon pulini to‘lashi darkor. Agar o‘yinchi qolishga qaror qilsa bundan faqat xursand bo‘lamiz. Mabodo, xaridor tomon 300 ming dollar to‘lasa, Joel bilan bog‘liq barcha masala hal bo‘ladi.

- Vadim Karlenovich, “Dinamo” ikkinchi o‘rinni egallagan OKMKni yutdi. Chempionga aylangan “Nasaf” bilan esa uch bor durang o‘ynadi. Nima deb o‘ylaysiz, bu “Dinamo”ning ruhiyati kuchliligidan dalolat beradimi?

- Bilasizmi, har qanday jamoa etakchilarga qarshi boshqacha ishtiyoq bilan maydonga tushadi. Aniqrog‘i, o‘zini shunga tayyorlaydi. Aytishim kerakki, biz Samarqandda ishqibozlar xafsalasini pir qilmaydigan jamoani shakllantirmoqchimiz. Bizga keladigan raqiblarni bu erdan aqalli bir ochko olib qaytishni ular omad sifatida qabul qilishlarini istaymiz. “Dinamo”ning kelajagi haqida hozirdan qayg‘urishimiz kerak bo‘ladi. Ko‘rib turibsiz, bizda viloyat hokimi o‘zgardi. Shu sabab bu borada hokimning qarashini bilib olishimiz darkor. Yangi mavsumga esa hozirdan tayyorgarlik ko‘rish zarur. Chunki jamoa dekabrda quriladi, degan gap bor.

- Rejalar qanday?

- Yuqorida aytib o‘tganimdek, yangi hokimning pozitsiyasini bilib olishimiz lozim. Shundan so‘ng klub byudjeti, unga taalluqli bo‘lgan boshqa barcha masalalar hal bo‘ladi. Nihoyasiga etgan mavsumda Superliga ishtirokchilari orasida byudjeti eng oz jamoa biz bo‘ldik. Shuning uchun rejalar bilan bog‘liq savolni ochiq qoldirib, rahbariyatning qarorini kutaylik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!