
KO‘JCh. 1-turning markaziy bahsida PSJ "Atletiko"ni yirik hisobda engdi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati B guruhning 1-uchrashuvida Luis Enrike boshchiligidagi PSJ Diego Simeonening "Atletiko"si bilan kuch sinashib, yirik 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
O‘yin kutilganidan qiziqarli va yakkakurashlarga boy boshlandi. Bellashuvning 19-daqiqasida Fabian Ruiz 14-hududdan chiroyli va kuchli zarba yo‘llab hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida esa parijliklar qarshi hujumdan unumli foydalandi. Gol muallifi esa Portugaliya terma jamoasi etakchisi Vitinya bo‘ldi. Shuningdek, ikkinchi bo‘lim ham ancha hujumlarga boy boshlandi, lekin madridliklar o‘z vaziyatlaridan foydalana olishmadi. Alvaresning goli esa qoida buzarlik sabab, bekor qilindi. O‘yin yakunlanayotgan bir paytda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Mbaye gol urib, hisobni yiriklashtirib qo‘ydi. Bundan tashqari, qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida "matraschilar" darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Bundan esa Li Kang In unumli foydalanib, oradagi farqni yanada yiriklashtirib qo‘ydi (4:0).
Fikrlar