
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qaysi jamoa g‘olib chiqishi aytildi
Frantsiya terma jamoasi va “Bavariya” sobiq futbolchisi Frank Riberi AQShda boshlangan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zi muxlislik qiladigan qaysi jamoa g‘olib chiqishini aytdi.
- Men “Boka Xuniors”ning ashaddiy muxlisiman. Bu jamoa menga juda yoqadi. Qachonlardir Argentinaga borish maqsadim ham bor. Chunki bu mamlakatda muhit zo‘r. Men bu jamoada klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun juda zo‘r imkoniyat bor, deb hisoblayman.
Chunki ularning ishga munosabati, mentaliteti va ishtiyoqi yuqori darajada. Bu turnir “Boka Xuniors” uchun katta sinov bo‘ladi. Xuddi shu gaplarni sobiq jamoam “Bavariya” haqida ham aytishim mumkin, - dedi Frank Riberi.
“Boka Xuniors” guruh bosqichidan muvaffaqiyatoi o‘tish uchun Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti”, Germaniyaning “Bavariya” va Portugaliyaning “Benfika” jamoalari bilan raqobatlashadi.
Fikrlar