
Kin faoliyatini Italiyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin
"Yuventus" hujumchisi Moyze Kin Italiyaning boshqa klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Unga "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni boshlagan. Futbolchining o‘zi ham bu jamoaga o‘tishni istamoqda va bu jarayonni tezlashishini xohlayapti. Qishki transferlar oynasida Kin "Atletiko"ga o‘tishga yaqin kelgandi. Ammo yakunda bu transfer amalga oshmay qoldi. Endi 24 yoshli strayker A Seriyada qolishga qaror qildi.
Kin uchun yakuniga etgan mavsum yaxshi o‘tgani yo‘q. U 4 marta jarohat olishga ulgurdi va turinliklar safida atigi 20 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta ham gol ura olgani yo‘q.
Fikrlar