Kichik Ro‘ziboevning jang sanasi va raqibi ma’lum. U Frantsiya vakiliga qarshi oktagonga ko‘tariladi

  • 28 mart, 2021, 20:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev Bahraynning "Brave CF" promousheni bilan shartnoma imzolab, undagi debyut jangini frantsiyalik Ibrohim Manega qarshi o‘tkazgandi. Ushbu to‘qnashuvda Nursulton ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritganidan ham xabaringiz bor. 

Tecno

Qizig‘i, mazkur promoushen bilan Nursultonning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboev ham shartnoma imzolagan va ushbu tashkilotdagi ilk jangini 1 parel kuni Bahrayn poytaxti Manamada promoushenning yubiley "Brave CF 50" turnirida o‘tkazadi. Unga frantsiyalik Amin Ayub raqiblik qiladi. Ushbu qarama-qarshilik 74 kg vazn toifasida o‘tkaziladi. Aslida, frantsiyalik jangchiga qarshi misrlik Ahmed Amir jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq u jarohat tufayli, ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi va uning o‘rnini kichik Ro‘ziboev to‘ldirdi. 

Amin Ayub faoliyati mobaynida 19 ta jang o‘tkazgan va ularning 15 tasida g‘alaba qozongan. To‘rt bora mag‘lubiyatga uchragan. Mashrabjon Ro‘ziboevning ko‘rsatkichi 11-2 ko‘rinish olgan. 

Shu o‘rinda ushbu muhim jangda hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Amin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!