Kichik Ro‘ziboev ham Braziliya vakiliga qarshi jang qiladi!

  • 7 iyul, 2023, 20:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Hamyurtimiz UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboevning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboevni ham navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Kichik Ro‘ziboev 16 iyul kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan ATF Championship va Open FC hamkorligidagi turnirda oktagonga ko‘tariladi. Yarim o‘rta vazn (77,1kg) toifasida bo‘lib o‘tuvchi ushbu qarama-qarshilikda yurtdoshimizga braziliyalik Nilson Oliveyra raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Mashrabjon Ro‘ziboev faoliyati mobaynida 17 ta g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. Braziliyalik jangchining rekordi esa 1-1 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!