
Keynning bu mavsum "Bavariya" safidagi maqsadi qanday?
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn bu mavsumda Myunxen klubi bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqchi ekanligini aytdi.
“Albatta, men finalga chiqishni va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlayman. Chempionlar ligasi eng katta musobaqa hisoblanadi. Agar biz kubokni qo‘lga kiritsak, bu ajoyib mavsum bo‘ladi, ayniqsa uni “Alyants Arena”da yutib olsak.
Bu mashaqqatli yo‘l, lekin men bunga tayyorman. Bu musobaqada hamisha katta o‘yinlar bo‘ladi. Atmosfera va muxlislar har doim aql bovar qilmaydigan darajada qo‘llab-quvvatlashadi”, - dedi Keyn Bild nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining joriy mavsum final uchrashuvi "Bavariya"ning uy stadioni hisoblangan “Alyants Arena”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar