Keyn APLning top klubiga qaytishi mumkin

  • 26 mart, 14:53
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xarri Keyn kelasi mavsumda Premer-ligasiga qaytishni jiddiy o‘ylamoqda va "Liverpul" uning eng ehtimoliy manzili bo‘lishi mumkin. 
 
Hozirda "Bavariya" sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli hujumchi Angliya klubini yangi chaqiruv sifatida ko‘rmoqda, deb xabar bermoqda "Fichajes" nashri. 
 
Manbaga ko‘ra, mersesaydliklar rahbariyati Keynni o‘z hujum chizig‘iga asosiy kuch sifatida qo‘shmoqchi, chunki uning tajribasi va gol urish qobiliyati jamoani yana ham kuchaytirishi mumkin. Angliyalik forvard Angliya Premer-ligasida yana raqobat qilishni xohlayotgani va "Liverpul" bilan bu maqsadga erishishi xohlamoqda. 
 
Hozircha rasmiy kelishuv mavjud emas, ammo "Bavariya" 90 million evrolik taklif kutayotganini ma’lum qilgan, deb qo‘shimcha qilinmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Xarri joriy mavsum nemisliklar safida 37 ta bellashuvda ishtirok etib, 32 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
26/03/2025 17:12
90 million ga olmasa kerak