Kenjayev_Professional_Legaue da jang qiluvchi juftliklar ma’lum bo‘lmoqda! (Poster)

CHERY AUTO

17 sentyabr kuni Andijon viloyati Poytug‘ shaharchasida Kenjayev_Professional_Legaue navbatdagi turnirini o‘tkazadi. Xabaringiz bor, ushbu liga K-1 hamda bushido bo‘yicha janglar tashkil etadi. 

Tecno

Bugunga kelib, turnirda ishtirok etuvchi juftliklar ham ma’lum bo‘lgan va biz asta-sekin ular bilan tanishtirib boramiz. Demak, mazkur kechada -71 kg vazn toifasida Bahodir Shoabduqodirov - Bobur O‘rinboevga qarshi jang qilsa, -63 kg vaznda Muhiddin Hakimjonov -Adhamjon Abdumo‘minov bilan bahs yuritadi. 

sho_2

Shuningdek, - 60 kgda Muhammadali Muhammadjonov - Husanboy Adilov bilan yana bir -60 kg vaznda esa Farhod Ibrohimov hamda Abdulaziz Toshkenboev qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz. Tez orada "fayt-kard"dan o‘rin olgan boshqa juftliklarni ham e’tiboringizga havola etamiz. 

xa_2

Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu turnir Sports.uz saytining Youtube kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

ad

ib_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!