
Kei Nishikori qiyin g‘alabaga erishdi
Professional tennischilar uyushmasi – ATP tomonidan AQShning Indian-Uells shahrida "Masters" turkumiga kiruvchi musobaqa o‘tkazilmoqda.
Unda erkak tennischilar ikkinchi davra bosqichida o‘zaro raqobatlashmoqda. Yaponiyalik tennischi Kei Nishikori mazkur bosqichda frantsiyalik Adrian Mannarinoni 6:4, 4:6, 7:6 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa "BNP Paribas Open"ning uchinchi davrasiga yo‘l olgan Nishikori, endi polshalik Xubert Gurkach, yoki frantsiyalik Lyuka Puyga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar