Kavanini “Barsa”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaymiz!

  • 26 dekabr, 2021, 20:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted”da etarli o‘yin vaqti berilmayotgan Edinson Kavani boshqa klublar tomonidan talash bo‘lmoqda.

Tajribali to‘purarga “Barselona” jiddiy qiziqib qolgan. Xavi bu urugvaylik hujumchini futbolchilik faoliyatini yakunlagan Serxio Agueroning o‘rnini egallashini istayapti.

Biroq, Braziliyaning “Korentians” klubi kataloniyaliklar taklif qilayotgan har qanday maoshdan ko‘proq summa va’da qilib, Edinsonning “Barsa”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqchi.

Kavanining manchesterliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shu bois, to‘purar 1 yanvardan istalgan klub bilan rasmiy muzokara o‘tkazishi va dastlabki shartnomani imzolashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!