Kavani va Teves tandemini ko‘ramizmi?

  • 28 mart, 2021, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Sulsher urugvaylik to‘purarning jamoada qolishi istamoqda.

Tecno

Biroq, Edinsonda boshqa manfaatli taklif bor. Uni o‘zi bolaligidan muxlislik qilgan “Boka Xuniors”da intizorlik bilan kutishmoqda.

O‘z davrida mashhur futbolchi bo‘lgan va ayni paytda “Boka Xuniors”ning vitse-prezidenti lavozimida ishlayotgan Xuan Roman Rikelme yozda Kavani bilan muzokara o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Rikelme urugvaylik hujumchi “Manchester Yunayted” zaxirasida o‘tirishdan ko‘ra, orzusidagi jamoada asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatini tanlashiga ishonmoqda. “Boka Xuniors” rahbariyati hujum chizig‘ida Evropada porlagan ikki yulduz – Karlos Teves va Edinson Kavani jutfligini o‘ynatmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!