
Kavani Tevesning jamoadoshiga aylanishi mumkin
Argentinaning “Boka Xuniors” klubi PSJ forvardi Edinson Kavani uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda El Pais nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 33 yoshli urugvaylik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Buenos-Ayres klubi safida Karlos Teves va Mauro Sarate kabi mashhur futbolchilar to‘p surishmoqda.
Fikrlar