
Kavani qishloqqa ketayotgan edi...
“Manchester Yunayted”ning yangi hujumchisi Edinson Kavani PSJdan ketganidan keyin futbolni tark etmoqchi bo‘lganini tan oldi.
- Men uchun oilam salomatligi birinchi o‘rinda. Futboldan ketmoqchi bo‘lganim bor gap. Qishloqqa borib, sokin hayot kechirmoqchi edim. Oilam bilan koronavirusni boshdan o‘tkazdik. Bu virus odamga vahima solar ekan.
Erkin agent sifatida yurganimda noaniqlik qiynab yubordi. Chempionatlar boshlanayotgandi va o‘zimga jamoa topishim kerak edi. Ba’zan sen istagan narsalar sodir bo‘lavermasligini ham to‘g‘ri qabul qilish kerak. Hammasining o‘z vaqti-soati bor. Mana “Manchester Yunayted”ga qo‘shildim va bundan mamnunman, - dedi Edinson Kavani.
Fikrlar