Kavani MYudagi debyut o‘yinida sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin

  • 7 oktabr, 2020, 23:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning yangi hujumchisi Edinson Kavani “Nyukasl”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Tecno

Urugvaylik futbolchi Buyuk Britaniyaga kelgach, 14 kunlik karantindan ozod etilmadi va barcha qatori ikki haftani karantinda o‘tkazadigan bo‘ldi.

Endi Kavani MYudagi debyut uchrashuvini 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidan o‘rin olgan PSJga qarshi o‘tkazishi mumkin.

Edinson “Manchester Yunayted” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Uning so‘nggi jamoasi aynan PSJ bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!