
Kavani La Liga klublari orasida talash bo‘lmoqda
“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
The Guardian nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli urugvaylik futbolchi allaqachon La Liga jamoalaridan bir nechta takliflar olgan.
Eslatib o‘tamiz, Kavanining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyida o‘z nihoyasiga etadi va erkin agentga aylanadi. Shu sababli u bo‘lajak jamoasiga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Kavani joriy mavsumda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 4 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar