Kavani, biz “Barsa”dan boymiz!

  • 2 mart, 2022, 17:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani yozda shartnomasi tugashi bilan boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Urugvaylik to‘purarga xaridor ko‘p. Biroq, Edinson jamoa tanlashda tavakkal qilishni xush ko‘rmaydi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Kavani “Barselona”ga o‘tishga moyil bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklarga ham zaxiradan maydonga tushib, gol ura oladigan forvard kerak.

Endi Kavaniga yana bir jiddiy xaridor chiqdi. Braziliyaning “Botafogo” jamoasi prezidenti Jon Tekstor uni o‘z klubiga chorlamoqda. Bu klub Kavaniga katta gonorar to‘lashga tayyorligini bildirmoqda.

- Kataloniya klubi moliyaviy inqirozdan chiqa olmayapti. Hozir mening pulim “Barselona”nikidan ko‘proq, - dedi Tekstor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!