
Katta turnirda porlagan "Real" futbolchisiga 10 ta klubdan taklif tushdi
"Real" futbolchisi Gonsalo Garsiya Evropaning o‘nlab klublari e’tiborini tortdi.
"El Chiringuito TV"ning xabar berishicha, madridliklar hujumchisiga Angliya, Italiya va Ispaniya jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Ta’kidlanishicha, 21 yoshli futbolchiga allaqachon 10 ta transfer taklifi tushgan.
Yaqinda u klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati to‘purarlar poygasida peshqadamlardan biriga aylandi. "Real" hujumchisi musobaqada 5 ta o‘yinda 4 ta gol urdi. Shu bilan birga, "Cadena SER" ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibidan joy kafolatlanmagan.
Barcha belgilar shuni ko‘rsatmoqdaki, murabbiy va rahbariyat Garsiya yoki jarohat tufayli hali KO‘JChda o‘ynamagan Endrik o‘rtasida tanlov qilishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Garsiyaning shartnomasida 50 million evro miqdorida tovon puli belgilangan.
Fikrlar