Katta transfer hal bo‘ldi

  • 26 iyun, 2023, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” va “ Chelsi” germaniyalik hujumchi Kay Xaverts transferini ijobiy hal qildi. “Kanonirlar” bu o‘yinchi uchun “aristokratlar”ga bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 75 million evro to‘laydigan bo‘ldi.

Tecno

Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikni yakunlashi bilan “Arsenal” shartnomasiga imzo chekadi. Bu futbolchini “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan o‘zi tanladi.

Xaverts Angliya Premer-ligasiga 2020 yili “Bayer”dan ko‘chib o‘tgan edi. “Aristokratlar” uchun jami 139 ta uchrashuv o‘tkazgan futbolchi hozirgacha 32 ta gol va 15 ta assist muallifi bo‘ldi.

“Arsenal” iste’dodli o‘yinchi bilan 2028 yilning 30 iyunigacha davom etadigan shartnoma imzolaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!