Katanetsning iste’fo berishida mantiq bormi?

  • 9 iyun, 2022, 02:23
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralashini Shri-Lankaga qarshi o‘yin bilan boshladi. Namanganda o‘tgan bahs hamyurtlarimizning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

43g3i4jgi43jgi3j

E’tiborlisi shundaki, jamoamiz g‘alaba qozonganiga qaramay, ko‘plab muxlislar o‘yindan ko‘ngli to‘lmaganini va sloveniyalik mutaxassisning imzosi ko‘rinmayotganidan nolimoqda. Qaysidir ma’noda bunga ularning haqqi bor. Lekin murabbiyni tanqid qilish uchun hali asos yo‘qdek tuyulmoqda. Shri-Lanka kuchsiz jamoa ekanligi ma’lum. Ammo ijobiy va salbiy fikr bildirish uchun o‘lchov bo‘lishi kerak.

wkrowkorkwork

Xo‘p, FIFA reytingidagi 205-pog‘onadagi jamoa bilan o‘yinda biz nimani ko‘rib olishimiz mumkin? Birinchi navbatda antifutbolda qanday qilib gol kiritishni. Xo‘sh, yana nimani? Afsuski, bundan ortig‘ini ko‘rish, unga baho berish imkoniyatimiz yo‘q. Murabbiylarning bor potentsialini “katta o‘yinlardagina“ ko‘rib olish mumkin. Bunday bahs bo‘lmay turib, futbolning chinakam ekspertlari ham sloveniyalik mutaxassisning imkoniyatlariga baho berishining imkoni yo‘q.

Dunyoning eng kuchli jamoalari ham 10 kishi bo‘lib himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘z arsenalidagi faqat 25-30 foizgina kuchini ko‘rsatishi hech kimga sir emas. Bunday do‘ppini qo‘lga olib o‘ylab ko‘rilsa, birinchi rasmiy uchrashuvida raqib Shri-Lanka bo‘lishiga qaramay 3:0 hisobda enggan murabbiyni tanqid qilish hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. E’tiboringizga bir suratni namoyish etaman. Bu juda eski, biroq aktualligini hali-hamon yo‘qotgani yo‘q.

h54ihj4i5jh54

3 yillik uzr - bu hali ham axlat!

Alvido Fergi!

“Manchester Yunayted“ emas, balki futbol tarixidagi eng kuchli murabbiylardan birini ketishini talab qilgan muxlislar banner ko‘tarib ko‘chaga chiqqan desak, hozir hech kim ishonmasa kerak. Shotlandiyalik mutaxassis ham o‘zining “qizil iblislar“ rulidagi ilk yillarida hech kimni hayron qoldira olmagani ko‘rinib turibdi. Ammo buni hozir kim eslaydi? Barcha uning stabil davridagi o‘yinlari bilan xotirlaydi. Bu natijaga erishish uchun Ser Aleksga ham vaqt talab etilganini inobatga olsak, birinchi rasmiy o‘yinidagi g‘alabadan keyin e’tirozlarga sabab bo‘layotgan Katanetsning holatini tasavvur qilib ko‘rish mumkin. “Qizil iblislar“ fanatlari hech yo‘q 3 yil sabr qilibdi. Bizni ishqibozlarga birinchi rasmiy o‘yinni o‘zi kifoya qilgandek. Bu albatta, hazil.

Har qanday mutaxassis uchun o‘z o‘yinini qurish uchun vaqt talab etiladi. Mayli, ketkazishga hech qachon kech emas. Shu paytga qadar Abramovni Erondan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng ketkazib, keyin uning hujumkor futbolini qumsadik. Kuperni himoyaviy o‘yini uchun tanqid qilib, Falastinga boy berilgan bahsdan so‘ng uyiga jo‘natib yubordik. O‘rniga yana Abramov olib kelindi. Mantiqqa hech to‘g‘ri kelmaydigan qaror, ammo tarix buni bizga doim eslatib turadi. Toshkentda Saudiyaga 2:3 hisobida engilgach, barcha muxlislar Kuperni himoyaviy taktikasi ish berishi mumkinligi haqida o‘ylab ichidan zil ketdi. Bilmadim, hujumkor Abramovni va tartibli Kuperni hush ko‘rmasak, bizga qanday uslubda to‘p tepadigan murabbiy kerak?

Hozir futbolimizdagi eng katta muammo himoya ekanligini bila turib, agressivlik va minimalizmga suyanadigan futbolni targ‘ib etish uchun taklif etilgan mutaxassisdan ranjishimiz qay darada adolatli?

Sizga bir kichik sirni ochay. Terma jamoamizning etakchi futbolchilaridan biri bilan kameralar o‘chgach bo‘lgan suhbatda aytgan so‘zi hali-hamon yodimda:

“Agar Kuper boshqarganida, biz Toshkentda Saudiyadan bemalol 3 ochko olgan bo‘lar edik“.

Ishqilib, 1-2 yildan so‘ng "Katanets bo‘lganida bu o‘yinni yutqazmagan bo‘lar edik", - deguvchilarni uchratmasak bo‘ldi. Hozirgi vaziyatni tashqaridan tomosha qilar ekanman, shu narsadan sal xavotirim bor.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxtiyor Temirov
09/06/2022 06:27
000 taktika uyinchilarni zamenasi xam oddiy kamanda bilan shunday uynashyapdi qolganigachi.
&
Madiyor
09/06/2022 09:14
Temur Kapadzeni murabbiy qilish kerak. Terma jamoadan ko'ra 23 ya'ni 21 yoshlilar jamoamizning o'yiniga mazmun bor.
Gulomqodir Askhanov
09/06/2022 23:50
Тугри факат беш йилдан кейин чунки у Бир марта булган Уругвайга 3-0 га колиб келган
Gulomqodir Askhanov
09/06/2022 06:17
Уйин охирги минут гача курашишни ургатибдику якуний 20 минута. Уйин тушиб кетмади факат футболчиларимизда енгил хаяжонни кузатдим запас 2.....3... Тактикага утиш камрокдек куринди.
&
Abdulla Hikmatov
09/06/2022 02:32
Achiq, lekin haqiqat...
Азат Каримов
09/06/2022 21:01
Хамма айб тренерда булмайди. Футболчилар хам айбдор купрок .футболчи уйнашни билмаса тренер айбдор эмас
Abbos Eshtemirov
09/06/2022 14:54
Vaqt kerak murabbiyga. Hozir taktikani uyinda ko‘rmadim