
Kassano: Peres - "Real"ning "Papasi"
"Real"ning sobiq futbolchisi Antonio Kassano “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Men "Real"da o‘ynaganman. Bu klubni boshqalar bilan taqqoslash mumkin emas. U shunchaki boshqa dunyo. Florentino Peres u erda – Rim Papasi, qirol va kardinal.
Luka Modrich "Oltin to‘p"ni "Real"da oldi. Fabio Kannavaro ham. Ha, himoyachi 2006 yilda "Yuventus"da yaxshi o‘ynagan, ammo bu sovrin Buffon yoki Zidanga berilishi mumkin edi, agar jahon chempionatidagi o‘sha o‘yinda bosh bilan zarba bo‘lmaganida. U "Qirollik klubi"ga ko‘chib o‘tdi va "Oltin to‘p"ni oldi”, - dedi Kassano.
Peres ilk bor 2000 yilda “Real” prezidenti bo‘lgan. 2006 yilda Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik sabab iste’foga chiqqan. Ammo 2009 yilda yana ushbu lavozimga saylandi.
Fikrlar