Kasilyas "Oltin to‘p" sohibiga: Senga sovrinni ko‘zlari ko‘rlik qilib berishgan

  • 2 aprel, 2020, 22:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning sobiq a’zolari Iker Kasilyas va Fabio Kannavaro Instagramda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, o‘zaro muloqot qilishdi.

Tecno

"Esimda, "Evro-2008"ni yutganimda (Ispaniya), sen shunday deganding: "Yo‘q, sen hali ham dunyoning eng muhim sovrinini qo‘lga kiritmading!"

Shunday qilib, oradan 2 yil o‘tgach, (Ispaniya termasi bilan 2010 yilgi JCh qo‘lga kiritilganidan keyin) men qo‘ng‘iroq qilgan dastlabki ikki inson Roberto Karlos va Fabio Kannavaro edi, keyin sizga aytdim: "Endi sizni darajangizdaman va sizdan ustunman," - dedi Kasilyas.

Suhbat davomida Kannavaro Kasilyasga uni "Oltin to‘p" sovrini yo‘qligini eslatdi. Italiyalikning o‘zi esa 2006 yili ushbu mukofotga loyiq deb topilgan.

"Ha, buni men bilaman, ammo ular senga sovrinni ko‘zlari ko‘rlik qilib berishgan," - deb javob qaytardi Kasilyas hazil tariqasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!