Karatechimiz Turkiyada shohsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Joriy yilning 9-10 mart kunlari Turkiyaning Istambul shahrida karate sport turi bo‘yicha "Bosforus" kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Unda 16 davlatdan kelgan 700 nafardan ortiq karatechilar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi a’zolari munosib himoya qildi.

Musobaqada namanganlik murabbiy Ayubxon Toshboevning ikki shogirdi musobaqada munosib ishtirok etdi. Unda -60 kg vazn toifasida hamyurtimiz Axrorbek Nizomboev finalga qadar barcha raqibarini mag‘lubiyatga uchratib fahrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur vazn toifasida birinchi o‘rin turkiyaklik karatechiga nasib etgan bo‘lsa Rossiya terma jamoasi a’zosi uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi. 

photo_2019-03-10_16-49-23 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!