
Karate-do federatsiyasida hakamlar uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda
23-26 oktyabr kunlari O‘zbekiston ITKF Karate-do federatsiyasida xalqaro hakamlik seminari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Unda Osiyo Karate-do federatsiyasi prezidenti Ibrohim Al-Bakr, Xalqaro ITKF Karate-do Federatsiyasi bosh hakami Brad Uebb, Evropa ITKF Karate-do Federatsiyasi prezidenti Sandrin El Marhomi, Xalqaro ITKF Karate-do Federatsiyasi yordamchi hakami Jon Prays ishtirok etmoqda.
Mazkur seminarlarda o‘zbekistonlik 79 nafar murabbiy va hakam o‘z malakasini oshirmoqda.
Fikrlar