
Kante uchun kurashda “Barselona” favorit
“Barselona” N'Golo Kanteni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin. U “Chelsi” bilan shartnomani uzaytirishi dargumon va yozda erkin agent sifatida Ispaniyaga keladi, deya xabar berdi “Diario Sport” nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, futbolchi o‘tgan yozda “Barselona”ga o‘tishni xohlagandi. Lekin jamoa tayanch yarim himoyachi sotib olishni rejalashtirmagani uchun Kante transferiga harakat qilmagan.
N'Golo jarohati sabab klubning ko‘p o‘yinida maydonga tusha olmadi va “aristokratlar” jamoasi shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Yarim himoyachi jarohati sabab Frantsiyaning mundialga boradigan tarkibidan ham tushib qoldi.
31 yoshli futbolchi 2016 yildan beri “Chelsi” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar